YANGA
Akmal qoʻngʻiroq tugmasini bosishi bilan ichkaridan ovoz eshitildi:
— Ana, Akmalxon keldilar.
«Kelinoyim», deb oʻyladi u yangasini ovozidan tanib.
Yangasi negadir uning nomiga «xon» qoʻshib gapirardi.
Akmal uylariga yangasi kelganidan quvondi. Har safar uni koʻrsa, onasini koʻrganday boʻlardi.
Eshikni yangasini oʻzi ochdi. Akmalning yelkasidan quchoqlab koʻrishdi. U yashil jemper kiygan, shtapel durra oʻrab olgan, koracha, ozgan yuzida iymanuvchan tabassum bor edi. Akmal uning qoʻlid